Qarshida 50 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangani aytilmoqda
Holat bo‘yicha vazirlik ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Qarshi shahridagi bog‘chada 50 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holatga Maktabgacha ta’lim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 17-sentabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 7-bo‘limiga Qarshi shahar “Qo‘rg‘oncha” MFYda yashovchi, 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi X.Sh. o‘tkir diariya tashхisi bilan yotqizilgan.
Epidemiologik surishtiruv davomida bemorda ich ketishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik va isitma ko‘tarilishi kuzatilgan. Ayni paytda uning ahvoli yaxshi, davo muolajalari olib borilmoqda.
SEO va JSX Qarshi shahar bo‘limiga mazkur tashkilotda tarbiyalanayotgan boshqa bolalar o‘rtasida ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha tezkor xabarnoma kelib tushmagan.








