Toshkentda Laсetti bilan Neksiya–3 YTHga uchradi
Holat bo‘yicha YHXB ma’lumot berdi.

Bugun, 18-sentabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 21:10 larda Mirobod tumani Afrosiyob–Oybek ko‘chalari kesishgan chorrahada 1985-yilda tug‘ilgan X.N. boshqaruvidagi Neksiya–3 hamda 2003-yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvidagi Laсetti o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







