Xitoyda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi
Hodisa oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Bugun, 18-sentabr kuni Xitoyning Guychjou provinsiyasida yo‘lovchi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda mahalliy politsiya xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Guychjou provinsiyasidagi Tsyannan Buy Miao prefekturasida 47 kishini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketgan.
YTH oqibatida 27 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan va 20 dan ortiq kishi jarohatlangan.








