Namangandagi avtohalokatda 5-sinf o‘quvchisi vafot etdi
Uni Laсetti haydovchisi urib yuborgan.

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida 14-sentabr kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar qildi.
Avtohalokat soat 10:40 larda Mingbuloq tumani Chordona mahallasi hududidan o‘tuvchi Baliqchi–Mingbuloq–Nayman–Pungon yo‘lida yuz bergan. Ushbu mahallada yashovchi A.N. Lacetti rusumli avtomashinasida yuqori tezlikda kelib, yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan 2011-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizni urib yuborgan.
Oqibatda qizcha og‘ir tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.








