O‘rta Chirchiqda beton tashuvchi yuk mashinasi YTHga uchradi
U 2 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar qildi.
Hodisa bugun, 19-sentabr kuni soat 16:00 larda O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tgan Olmaliq–Toshkent avtomobil yo‘lining 32-kilometrida yuz bergan. 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi E.L. HOWO rusumli beton tashuvchi yuk avtomobilni boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan, 1996-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi A.B. boshqaruvidagi Spark hamda 1995-yilda tug‘ilgan Yuqori Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi B.N. boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositalariga urilgan.
YTH oqibatida hech kim og‘ir jarohat olmagan. Holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








