“Tolibon” asir olgan amerikalik ozod etildi
Bayden o‘z navbatida toliblar vakilini afv qilgan.

Afg‘onistonda 2020 yilda asirga olingan AQSH fuqarosi Mark Freriks ozod qilindi. Bu haqda Jozef Bayden bayonotida so‘z boradi.
“Bugun biz Mark Freriksning ozod qilinishiga erishdik va u tez orada uyida bo‘ladi. Birma (Amerikada Myanma davlati hamon shunday ataladi), Gaiti, Rossiya Venesuela va boshqa joylarda asir olingan amerikaliklarni ozod qilish, ularning uyga qaytishiga erishish bizning asosiy burchimizdir”, – degan Bayden.
Bundan oldin CNN telekanali AQSH prezidenti Freriksning ozod etilishi uchun “Tolibon” harakati vakillaridan birini afv qilgani haqida xabar bergandi. Gap toliblar asoschisi va ilk yetakchisi Mulla Umarning yaqin tarafdori Bashir Nurzay haqida ketmoqda. U Guantanamo bazasidagi qamoqxonada saqlanayotgan so‘nggi afg‘onistonlik edi.
Freriks AQSH harbiy-dengiz floti veterani hisoblanib, 2020 yil yanvarida Afg‘onistonda o‘g‘irlab ketilgan.







