Jahon

Amerikaliklar Baydenning Xitoy haqidagi gaplaridan norozi

Avvalroq u Tayvanni o‘z himoyasiga olishga va’da bergandi.

Amerikaliklar Baydenning Xitoy haqidagi gaplaridan norozi

 

AQSHlik Twitter foydalanuvchilari prezident Jo Baydenning yangi bayonotiga g‘azab bilan munosabatda bo‘lmoqda. Oq uy rahbari Tayvanni himoya qilish uchun  Xitoy bilan urushga kirishga tayyorligini e’lon qilgandi. 

 

“Bu odamning qobiliyatsizligi Uchinchi jahon urushini boshlaydi. Uning so‘zlari dunyoni katta xavfga qo‘ymoqda!” — deb yozilgan izohlarda.

 

Avvalroq Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida Tayvan va Xitoy o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz bergan taqdirda, Vashington Taypey tomonida mojaroga kirishishini aytgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"