FAO Bosh kotibi O'zbekiston zamonaviy taraqqiyotini yuqori baholadi
Mamlakat Markaziy Osiyo tarixida ilk bor FAOning Yevropa uchun 32-mintaqaviy konferensiyasiga muvaffaqiyatli raislik qildi.

Kecha, 19-sentabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Tsuy Dunyuyom bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
So'nggi yillarda O'zbekiston va FAO o'rtasidagi hamkorlik misli ko'rilmagan darajada jadallashmoqda. Birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida FAOning O'zbekistondagi portfeli umumiy qiymati 65 million dollarga 59 ta milliy, mintaqaviy va global loyihani tashkil etmoqda. Mamlakatimiz Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba FAOning Yevropa uchun 32-mintaqaviy konferensiyasiga muvaffaqiyatli raislik qildi. 2020-2030-yillarda O'zbekiston qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun mamlakatimiz va FAO o'rtasida imzolangan Doiraviy dasturni to’la-to’kis amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Tsuy Dunyuyom Samarqand shahridagi ShHT sammiti chog’ida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yili Oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha xalqaro konferensiyani o'tkazish tashabbusini qo'llab-quvvatladi. FAO Bosh kotibi mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyotini yuqori baholadi.







