Jahon

Qozog‘istonda armiyaga borganlar universitetga imtiyozli qabul qilinadi

Loyihani amalga oshirish 2023-yilda boshlanadi.

Qozog‘istonda armiyaga borganlar universitetga imtiyozli qabul qilinadi

 

Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi Fan va oliy taʼlim vazirligi, shuningdek, yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

 

Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, mazkur loyiha harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan barcha fuqarolarga suhbat natijalariga ko‘ra, muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lganidan keyin ikki yil ichida oliy taʼlim muassasalariga to‘lov asosida o‘qishga kirish imkonini beradi. Shuning uchun, taqvimga ko‘ra, kuzda armiyadan kelganidan so‘ng, ular o‘qishga kirishlari mumkin. Sobiq harbiy xizmatchilar oliy taʼlim muassasalarining harbiy kafedralarida bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

«Harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatni o‘tash davrida shaxsiy fazilatlari, namunali xulq-atvori va jangovar tayyorgarlikda erishgan yuksak natijalari asosida oliy taʼlim muassasasi granti hisobidan bepul oliy taʼlim olish imkoniyati yaratilmoqda. Bunday yoshlarga Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy taʼlim muassasalarida oliy o‘quv yurtlariga kirish milliy imtihonini hisobga olmagan holda o‘qish imkoniyati taqdim etilmoqda. Harbiy taʼlim muassasalariga imtihonsiz kirishda va fuqarolik oliy taʼlim muassasalariga taʼlim grantlarini olishda Vatan oldidagi burchini ado etgan harbiy xizmatchilarning farzandlari ham ustuvor hisoblanadi. Loyihani amalga oshirish taʼlim sohasidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni talab qilmaydi» , — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

 

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatimizning barcha hududlaridagi qirqqa yaqin oliy taʼlim muassasalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga taʼlim olishda imtiyozlar berilgani tasdiqlandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda armiyaga borganlar universitetga imtiyozli qabul qilinadi | Zamon.uz