O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Yig‘ilishda Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingan.

Shavkat Mirziyoyev islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

 

Bugun, 20-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarni yanada jadallashtirish va natijadorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 

Davlat rahbarining 9-sentabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etilgandi. Yig‘ilishda mazkur Agentlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, ustuvor yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.

 

“Islohotlar natijasida ijobiy o‘zgarish bo‘lishi, odamlar buni o‘z hayotida sezishi kerak. Agentlik buning uchun ustuvor islohotlarni aniqlaydigan, ularni o‘zaro muvofiqlashtiradigan va natijadorlikni ta’minlaydigan tuzilmaga aylanishi lozim”, – dedi Prezident.

 

Yig‘ilishda shu boradagi asosiy vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. Alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, islohotlarning ustuvorligi va mantiqiy ketma-ketligini belgilash, davlat dasturlari ijrosini monitoring qilish, tizimli muammolarni aniqlash va tegishli choralar ko‘rish shunday muhim vazifalardan hisoblanadi.

 

Masalan, tahlillar qishloq va suv xo‘jaligi, yer munosabatlari, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish, transport, kommunal xo‘jaligi, tibbiyot kabi sohalarda qo‘yilgan maqsadlarga erishilmaganini ko‘rsatmoqda. Strategik islohotlar agentligi bunday muammolarni tanqidiy tahlil qilib, ishni jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilaydi.

 

Ish o‘rinlari ko‘payishi va aholi daromadlari o‘sishi uchun iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini aniqlash ham juda muhim. 

 

Shu bois davlat rahbari aholining barcha qatlamlariga ijobiy ta’sir qiladigan islohotlarni aniqlab, “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bunda aholidan eng ko‘p murojaat bo‘layotgan sohalarga e’tibor qaratish, ular bo‘yicha nimaga erishilishi va xalq nima manfaat ko‘rishini aniq ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.

 

Ustuvor sohalarni isloh qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlardan iborat Loyiha guruhlarini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi | Zamon.uz