Yevropa Erdog‘anning SHHT sammitida ishtirok etganidan “norozi”mi?
Erdog‘an turli salbiy signallar bo‘lganini qayd etdi.

Turkiya boshqa davlatlar bilan o‘tkazgan muzokaralari uchun Yevroittifoqqa hisob berishi shart emas. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an maʼlum qildi.
AQSHning PBS telekanaliga bergan intervyusida u Turkiya dunyoning bir qismi ekanligini, shu sababli barcha davlatlar bilan muzokara olib borishi aytgan.
“Yevroittifoq bizni 52 yildan buyon chegaralab, o‘z safiga qo‘shib olmadi. Ammo ular bizga savol berishdi: “Nima uchun u (Erdog‘an) u yerga (SHHT sammitiga) bordi, nima uchun uchrashdi?” Muzokaralar o‘tkazib men YEIga hisob bermayman. Men janob Si bilan, janob Putin bilan, janob Modi bilan uchrashaman”, – degan Erdog‘an.
SHHTning Samarqand sammiti 15-16 sentyabr kunlari o‘tkazildi. Erdog‘an turli davlat prezidentlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgan. Shuningdek, u Turkiyaning tashkilotning to‘laqonli aʼzosiga aylanishi istagini bildirgan.







