Denovda 356 mlnlik dori-darmon talon-taroj qilindi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Denov tumanida dori vositalarini o‘zlashtirgan dorixona mudiri aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “G.Ph.” MCHJning dorixona mudiri B.D. o‘zining moddiy javobgarligidagi 356,6 mln so‘mlik dori-darmon vositalarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








