BMTning Afg‘onistondagi ofisi vaqtinchalik Qozog‘istonga ko‘chiriladi
Bu bo‘yicha maxsus shartnoma imzolangan.

BMTning Afg‘onistondagi ofisi vaqtinchalik Olma-Otaga ko‘chadi. Bu bo‘yicha Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi va BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari Di Karlo o‘rtasida kelishuv imzolangan.
“BMT bosh kotibi o‘rinbosari Qozog‘istonning afg‘on xalqiga ko‘rsatayotgan iqtisodiy va insonparvarlik yordamini, shuningdek, Qosim-Jo‘mart To‘qayevning o‘tgan yili avgust oyidagi Olma-Ota shahrida Afg‘onistonga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha BMT missiyasi xodimlarini vaqtinchalik joylashtirish bo‘yicha qarorini yuqori baholadi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha BMTning Afg‘onistondagi masofaviy ofisini Olma-Otaga joylashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi”, – deyiladi Qozog‘iston TIV matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, tomonlar Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi umumiy vaziyatni ham muhokama qilgan.







