Tez orada YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etadi
Shuningdek, Ukrainaga qurol yetkazish hajmi oshiriladi.

Yevropa kengashining 6–7-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi qabul qilinishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, bugun Yevrokomissiya rahbari Rossiyaga texnologiyalarni eksport qilish ustidan qo‘shimcha nazorat o‘rnatish taklifi bilan chiqqan. Shuningdek, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya olmoslari importini taqiqlash va mamlakatning Yevropada muzlatilgan aktivlarini musodara qilishni taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI davlatlarining tashqi ishlar vazirlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, Rossiyadagi safarbarlik bo‘yicha yagona pozisiyani kelishib olgani xabar qilingandi.







