Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Bortdagi yetti kishining besh nafari Rossiya fuqarolari ekani aytilmoqda.

Turkiya g‘arbidagi Denizli provinsiyasi gubernatori Ali Fuat Atikning maʼlum qilishicha, o‘rmon yong‘inini o‘chirishda qatnashgan vertolyot Chardak qishlog‘i yaqinida qulagan. Bu haqda Anadolu agency xabar berdi.
Voqea joyiga qutqaruv guruhlari jo‘natildi. Chardak shahar hokimi Adjigel shahrida yong‘inga qarshi vertolyotning qulaganini qayd etdi.
Oxirgi maʼlumotlarga ko‘ra, vertolyot qulashi natijasida 2 kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohatlangan.
Turkiya Ichki ishlar vazirligi vertolyot bortidagi yetti kishidan besh nafari Rossiya fuqarolari ekanini maʼlum qildi.







