AQSH “Mir” kartalari masalasida turk banklarini ogohlantirdi
Bugun ushbu kartalar bo‘yicha Turkiya hukumati maxsus qaror qabul qilishi mumkin.

AQSH Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimini ishlatayotgan Turkiya banklarini sanksiyalar qo‘llanilishidan ogohlantirdi. Bu haqda Yeni Şafak gazetasi xabar berdi.
“AQSH, shubhasiz, Anqara va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarga aralashmoqda, u Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimini ishlatgan turk banklariga sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda”, – deyiladi xabarda.
O‘z navbatida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an juma kuni “Mir” kartalarining mamlakatdagi keyingi faoliyati bo‘yicha qaror qabul qilinishi mumkinligini aytgan.
Gazeta Anqara faqat BMT tomonidan kiritilgan sanksiyalarga amal qilishini taʼkidlagan.
Avvalroq O‘zbekistonda “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatib qo‘yilgandi.







