Mehmonxona egasi energiya uchun hisobni ko'rgach, kasalxonaga tushib qoldi
Hodisa Sitsiliya orolida yuz bergan.

Sitsiliyadagi mehmonxona egasi o'tgan oyga nisbatan qariyb 10 baravar oshgan energiya to'lovini ko'rgach, xushini yo'qotib, kasalxonaga yotqizildi.
Mehmonxona egasi 9-oktabrgacha to‘lashi kerak bo‘lgan 83 ming yevrolik hisobni ko‘rib, tobi qochgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, bir oy oldin to'lov 9 ming yevrodan oshmagan. Bunday xarajatlar, tadbirkorning qayd etishicha, 1-oktabrdan mehmonxonani yopish bilan tahdid qilmoqda.
Mehmonxona egasi energetika kompaniyasi da'volarining asosliligini aniqlash uchun advokatlarga murojaat qildi.







