Qon tomirlari bo‘ylab harakatlanuvchi mitti robot yaratildi
Uning uzunligi 1 santimetrdan ham kichikroq.

Tayvanlik olimlar dori vositalarini organizmning zarur nuqtalariga yetkazib bera oladigan mitti robot yaratishdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Innovasion qurilmaning uzunligi bir santimetrdan ham kichikroq. U nojo‘ya ta’sirga ega dori vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasallik o‘chog‘iga yetkazishga moslashtirilgan.
Yangi ixtiro magnit nanozarrachalaridan iborat. U qon tomirlari orqali harakatlanib, shaklini o‘zgartirishi, qolaversa, zarur pallada bo‘linib, yana bir butunga birlashishi mumkin.
Olimlar xulosasiga ko‘ra, mitti robotning xossalari davolash va tibbiy diagnostikada qo‘l keladi. Xususan, dori-darmonlarni organizmga maqsadli yetkazib berishda katta natija beradi.








