Rossiyada harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun o‘zgardi
Unga ko‘ra, harbiy harakatlarda qatnashishdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga bir qator o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda “Sputnik” nashri yozmoqda.
Yangi qonunga ko‘ra, quyidagi holatlarda rossiyaliklar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishim mumkin:
— harbiy xizmatni o‘tash vaqtida ixtiyoriy taslim bo‘lganlik uchun;
— harbiy harakatlarda qatnashishdan bosh tortgani uchun;
— dezertirlik va xizmatga kelmaganlik uchun.
Shuningdek, talonchilik uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni belgilash nazarda tutilgan. Safarbarlik, harbiy holat va jangovar harakatlar davrida jinoyat sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat sifatida tan olinadi.
Mutasaddi shaxslar davlat mudofaa buyurtmasi shartnomasini buzsa, 4 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Xorijiy fuqarolar Rossiya Qurolli Kuchlarida safida 1 yil xizmat qilsa, ularga Rossiya fuqaroligi soddalashtirilgan tartibda beriladi.








