Jahon

Tojikiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari o‘zaro muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuv BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida bo‘lgan.

Tojikiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari o‘zaro muzokara o‘tkazdi.

 

Tojikiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari Nyu-Yorkda uchrashdi. Tomonlar BMT bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Dikarlo ishtirokida qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan.

 

Tojikiston TIV maʼlumotlariga ko‘ra, har ikki davlat ham chegaradagi muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini bildirgan. Sirojiddin Muhriddin va Jeenbek Kulubayev erishilgan kelishuvlarga amal qilish muhim ekanligini taʼkidlagan.

 

Ayniqsa, 2022 yil 19 sentyabr kuni imzolangan protokolga amal qilish zarurligini alohida qayd etilgan.

 

Joriy yilning sentyabrida Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida vaziyat keskinlashdi. Tomonlar bir-birini o‘qqa tutgan, natijada yuzdan ortiq kishi jabrlandi. Chegara zonasi atrofida yashaydigan minglab odamlar evakuatsiya qilindi.

 

custom img

Xitoyda “Xunsya” tayfun sabab 700 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Guandun provinsiyasida kuchli shamol va jala yog‘ishi sabab favqulodda choralar kuchaytirildi.

custom img

Badaxshonda "Tolibon" va Ozodlik fronti o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Qurolli to‘qnashuvlar kuchayishi "Tolibon" boshqaruvidan norozilik, etnik vakillik va tabiiy resurslar bilan bog‘liq muammolar oqibati sifatida baholanmoqda.

custom img

Kreml To‘qayevning Ukrainadagi mojaroni muzlatish taklifini rad etdi

Kreml To‘qayevning taklifini amaldagi sharoitda amalga oshirib bo‘lmasligini bildirdi. Rossiya bu boradagi asosiy shart sifatida o‘z maqsadlariga erishishni ko‘rsatdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukrainadagi urushni "muzlatish"ga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Omskdagi muzokaralarda mojaroni "Istanbul formulasi 2.0" asosida hal etishni taklif qilib, tinchlikka buyuk davlatlar kafolati ostida erishish mumkinligini bildirdi.

custom img

Suriyada ikkita avtobus to‘qnashdi, 35 kishi halok bo‘ldi

Dayr az-Zor–Damashq avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

custom img

Hindistondagi “Suvaraklar” harakati ta’lim vaziri iste’foga chiqqach, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi

Harakat hukumat barcha asosiy talablarni qabul qilganini ma’lum qildi.

custom img

Ruminiya havo hududiga kirgan yana bir dron yo‘q qilindi

Ukraina janubidagi jangovar harakatlar fonida mamlakat havo hududiga kirgan dron harbiylar tomonidan yo‘q qilingan.

custom img

“Men ketganimdan so‘ng barchangiz bankrot bo‘lasiz” — Tramp

AQSH prezidenti siyosiy faoliyati yakunlangach, ko‘plab Amerika ommaviy axborot vositalari bankrot bo‘lishini, chunki u haqida yozadigan boshqa shaxs qolmasligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"