Farg‘onada Neksiya yonib ketdi
FVB hodisa sababini ma’lum qildi.

Kecha, 24-sentabr kuni Farg‘ona viloyatida Neksiya rusumli avtomashina yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa tungi soat 21:23 da Farg‘ona—Qo‘qon yo‘nalishi Marg‘ilon xalqa yo‘lida sodir bo‘lgan. Oltariq tumani “Mirfozil” MFY Mirfozil ko‘chasida yashovchi fuqaro V.A.ga tegishli Neksiya rusumli transport vositasida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruvchilar 21:28 da yetib borgan va 21:32 da olov o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.








