Hindistonda 36 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi
Yana bir necha kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida kuchli jala va yashin urishi oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Associated Press” nashri.
So‘nggi besh kun ichida shtatda tinimsiz chaqmoqlar kuzatilmoqda.
Hindistonda yomg‘irli mavsum iyundan sentyabrgacha davom etadi, bu davrda chaqmoq chaqishi odatiy hodisadir. Biroq meteorologlar bu yil chaqmoq urishi ko‘payishini havo haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘lamoqda.








