Jahon

Qirg‘iziston va Tojikiston chegara postlarini olib tashlashga kelishib oldi

Bugun ertalab tomonlar mojarolarni tugatish bo‘yicha protokol imzolagandi.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegara postlarini olib tashlashga kelishib oldi

 

Qirg‘iziston va Tojikiston mojarolar yuz bergan chegara hududlarda har tomondan to‘rttadan postni olib tashlashga kelishib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi. 

 

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida tomonlar qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlarni tezlashtirishga kelishib olgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yirik to‘qnashuvlar 16-sentyabr kuni ertalab boshlangandi. Tomonlar bir-birini o‘q uzganlikda aybladi. Qirg‘iziston tomoni to‘qnashuvlar natijasida 62 nafar o‘z fuqarolari halok bo‘lgani va 198 nafari yaralanganini ma’lum qilgan. Tojikistonda esa 41 kishi halok bo‘lgan, 30 kishi yaralangan.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"