Toshkent–Chirchiq–Xojikent yo‘nalishida elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Reys sayohat vaqtini 45 daqiqagacha qisqartiradi.

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 24- sentabridan boshlab Toshkent – Chirchiq –Xojikent yo‘nalishi bo‘ylab shaharlar aro tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, bu esa Chirchiq shahriga sayohat vaqtini 45 daqiqagacha qisqartirdi.
Toshkent–Janubiy temir yo‘l vokzalidan jo‘nayotgan poyezd poytaxtda yana ikkita bekatda to‘xtab o‘tadi – Toshkent-Markaziy vokzalida va Salar stansiyasida. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentdagi «Toshshahartransxizmat» AJ va Chirchiq shahridagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan elektropoyezdlarning kelishi va jo‘nash jadvaliga shahar transportining qulay transport yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma ishlar amalga oshirildi.
Hozirda tezyurar poyezdlar har shanba va yakshanba kunlari qatnaydi. Yaqin kelajakda yangi va zamonaviy elektropoyezdlar sotib o‘lgandan so‘ng, qatnovlar soni ko‘payadi va shahar atrofidagi elektropoyezdlar ish kunlari ham yo‘lvchilarga xizmat ko‘rsatadi.







