O'zbekiston

Toshkentdagi parfumeriya do‘konida yuz bergan yong‘in qasddan uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryolik erkak do‘konga nima maqsadda o‘t qo‘yganini aytib berdi.

Toshkentdagi parfumeriya do‘konida yuz bergan yong‘in qasddan uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi

 

Avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi do‘konlardan birida katta yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan shahar IIBB qo‘shimcha ma’lumot e’lon qildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, olov elektr yoki gazdan kelib chiqmagan. Qo‘shni do‘konlarning kuzatuv kamerasidagi tasvirlarga ko‘ra, tun yarmida qora kepka va maskada kelgan shaxs do‘kon eshigini sindirib, yonuvchi moddani sepib, do‘konni yoqib ketgani aks etgan. 

 

Surishtiruv harakatlati davomida ushbu jinoyatni 1991-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba jinoyat sodir etib sudlangan Nuriddin ismli shaxs sodir etgani aniqlangan. 

 

“Do‘kon oynasini yoqib, qo‘rqitib qo‘ymoqchi edim, katta yong‘in bo‘lib ketdi”, — deydi qashqadaryolik erkak.

 

Qasddan sodir etilgan yong‘in tufayli do‘kon egalariga 4 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgan. Ushbu holat yuzasidan hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi parfumeriya do‘konida yuz bergan yong‘in qasddan uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi | Zamon.uz