Buxoroda 38 yoshli ayol poyezd tagiga o‘zini tashlab, joniga qasd qildi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida ayolni poyezd bosib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26-sentabr kuni soat 06:00 da Xo‘jadavlat–Buxoro-1 yo‘nalishidagi poyezd “43-RZD” va “Murgak” temiryo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga o‘zini tashlagan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








