AQSH davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi
Shuningdek, boshqa davlatlarga ham tashriflar rejalashtirilgan.

AQSH davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar va axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Elizabet Tryudo Nepal, BAA, O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Davlat departamenti xabar berdi.
Turne 28 sentyabrda boshlanib, 9 oktyabr kuni yakunlanadi. Diplomat o‘z safari davomida yolg‘on axborotga qarshi kurash, Afg‘onistondagi vaziyat, ijtimoiy tenglik, OAV erkinligi va iqlim masalalarini muhokama qiladi.
O‘zbekistonga tashrif davomida Tryudo universitet bitiruvchilari oldida chiqish qiladi hamda NNT vakillari bilan uchrashadi.
Qirg‘izistonda amaldor va jurnalistlar bilan muloqot rejalashtirilgan.







