Bolgariya o'z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdi
Shuningdek, odamlar gavjum joylardan qochish va hushyor bo'lish tavsiya qilinadi.

Bolgariya o‘z fuqarolarini zudlik bilan Rossiya hududini tark etishga chaqirishdi. Bu haqda Bolgariya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Bu chaqiriqni Bolgariya TIV mamlakatdagi qiyin vaziyat bilan izohlangan. Shuningdek, ular fuqarolarga Rossiyaga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya qilishgan.
Rossiyadagi bolgarlarga har qanday transport vositasida imkon qadar tezroq mamlakatni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqish tavsiya qilindi.
Shu bilan birga vazirlik yuqori darajada hushyor bo‘lishni, shuningdek, odamlar gavjum joylardan qochishni tavsiya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, yozda Bolgariya hukumati Rossiya elchixonasining 70 nafar diplomati va texnik xodimlarini chiqarib yuborishga qaror qildi. Bir necha kundan keyin Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 14 bolgar diplomatini persona non grata deb e’lon qilgan.








