Jahon

Eron Rossiyaga dronlar yetkazib berayotganini inkor qildi

Mamlakat TIV rahbari Tehronning har qanday qurolli mojaroga qarshi ekanini aytgan.

Eron Rossiyaga dronlar yetkazib berayotganini inkor qildi

 

Eron Ukraina mojarosi tomonlariga qurol yetkazib berilishiga qatʼiyan qarshi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdulloxiyan maʼlum qildi.

 

Diplomat Eron Rossiyaga uchuvchisiz qurilmalar yetkazib beryaptimi, degan savolga “Bizda Rossiya bilan mudofaa sohasidagi kelishuv bor, ammo Ukraina mojarosidagi hech qaysi tomonni qo‘llab-quvvatlamaymiz. Chunki bu nizoning cho‘zilishiga olib keladi. Biz har qanday urushga qatʼiyan qarshimiz. Shu sababli Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish hamda tinchlikni taʼminlanishiga harakat qilyapmiz”, – deb javob bergan.

 

 Avgustda qator G‘arb nashrlari Moskva Tehrondan uchuvchisiz qurilmalar sotib olayotganini yozgandi. Bu kabi bayonotlar AQSH rasmiylari tomonidan ham berilgan. O‘z navbatida Rossiya tomoni ushbu maʼlumotlarni inkor qilgan.

 

Shu bilan birga so‘nggi haftalarda RF tomonidan Ukrainaning qator shaharlariga uyushtirilgan dronlar hujumida Eron qurilmalaridan foydalanish holatlari kuzatilgani aytilmoqda. Shu munosabat bilan Kiyev Eron bilan diplomatik munosabatlar maqomini pasaytirdi.

 

Avvalroq SHHT sammiti doirasida Eron va Rossiya prezidentlari uchrashgandi.

 

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Eron Rossiyaga dronlar yetkazib berayotganini inkor qildi | Zamon.uz