Jahon

Jahon banki: Keyingi ikki yilda Xitoyning iqtisodiy o‘sishi dinamikasi pasayishi mumkin

Bunga ko‘chmas mulk bozoridagi inqiroz va koronavirusga qarshi choralar sabab bo‘lishi taxmin qilingan.

Jahon banki: Keyingi ikki yilda Xitoyning iqtisodiy o‘sishi dinamikasi pasayishi mumkin

 

Jahon banki 2022 va 2023 yillarda Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi. Bunga ko‘chmas mulk bozoridagi inqiroz va COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash sabab qilib ko‘rsatilgan.

 

Xususan, Xitoy YAIM 2022 yilda 2.8 foizga, keyingi yil esa 4.5 foizga o‘sishi mumkin. Iyun oyida bu ko‘rsatkich mos ravishda 4,3% va 5,2% ni tashkil etishi taxmin qilingandi.

 

“Xitoy hukumatining koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan harakatlari jiddiy iqtisodiy oqibatlar hisobiga amalga oshirilmoqda”, – deyiladi bank hisobotida.

 

Ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat ham iqtisodiyotga o‘z taʼsirini ko‘rsatmoqda: qurilish hajmi va uy-joy sotuvi kamaymoqda, isteʼmolchilarning ko‘chmas mulk bozoriga ishonchi pasayib ketgan. Qarzga botib qolgan qurilish kompaniyalari obyektlarni oxirgacha yakunlamay, tashlab ketyapti.

 

 

 

 

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"