O‘zbekiston delegatsiyasi MAGATE bosh konferensiyasida ishtirok etmoqda
Yig‘ilish Venada o‘tkazilyapti.

26 sentyabrda Venada Xalqaro atom energiyasi agentligi yillik Bosh konferensiyasining 66- sessiyasi ish boshladi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Delegatsiyada "O‘zatom" agentligi, fanlar akademiyasi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi aʼzolari bor.
Bosh konferensiya doirasida umumiy muzokaralar o‘tkaziladi va unda delegatsiya rahbarlari o‘zlarining dasturiy chiqishlari bilan ishtirok etadi.
Sessiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi agentlik rahbarlari, boshqa mamlakatlar vakillari va atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasida hamkorlikni amalga oshirish masalasida masʼul bo‘lgan kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.







