O'zbekiston

Logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojini ta’minlay olmaymiz—Shavkat Mirziyoyev

Prezident transport sohasida islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojini ta’minlay olmaymiz—Shavkat Mirziyoyev

 

Bugun, 28-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev transport sohasida islohotlarni jadallashtirish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 

Transport qulayliklari mamlakat rivojini ko‘rsatuvchi va buni ta’minlovchi omillardan biri. O‘zbekistonda soha infratuzilmasi yangilanib, sharoitlar kengaytirilayotgani o‘z natijalarini bermoqda.

 

Jumladan, aviasiya bozori erkinlashgani hisobiga oxirgi uch yilda O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirayotgan aviakompaniyalar soni 2 baravarga o‘sgan. Avtomobilda xalqaro yuk tashishda mahalliy korxonalarning ulushi 62 foizga yetgan. 300 kilometr temiryo‘l elektrlashtirilgan, 1 ming 500 kilometr avtomobil yo‘li qurilgan.

 

Lekin hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar, qilinadigan ishlar juda ko‘p. Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, Strategik islohotlar agentligi tomonidan sohadagi ishlar natijadorligi tahlil qilinganda bir qator muammolar aniqlangan.

 

Masalan, oxirgi uch yilda mamlakat iqtisodiyoti 16 foiz o‘sgani holda, temiryo‘lda yuk aylanmasi atigi 7 foiz oshgan. Aviasiyada raqobat muhiti to‘la shakllanmagan, 10 ta aeroportning samaradorligi past darajada. Oqibatda raqobatdosh narxlarda yetkazib berish qulayligi bo‘yicha Xalqaro logistika samaradorligi indeksida mamlakat 160 ta davlat ichida 120-o‘rinni egallagan.

 

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ham bu soha bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bo‘lgan.

 

Yig‘ilishda transport tizimidagi muammolarni hal etish va aniq natijalarga erishish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 

“Bu soha – iqtisodiyotning qon tomiri. Transport va logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojini ta’minlay olmaymiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Yig‘ilishda uchta yo‘nalish – temiryo‘l tranziti imkoniyatini keskin oshirish, aviasiyani qulay, tez va sifatli xizmat ko‘rsatadigan sohaga aylantirish, xalqaro tranzit yuklari uchun zamonaviy avtomobil yullari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha choralar belgilandi.

 

Strategik islohotlar agentligi tarkibida transport sohasi bo‘yicha alohida guruh tuzib, asoslangan takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Davlat rahbari eng asosiysi xalqqa yengilliklar yaratish ekanini alohida ta’kidladi.

 

Temiryo‘l sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirishda katta o‘rin tutishi qayd etilib, bu tizimning quvvatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Xususan, zamonaviy elektr poyezdlar olib kelish, vagonlarni ta’mirlash, nosohaviy aktivlarni chiqarish orqali tizimni moliyaviy sog‘lomlashtirish zarur.

 

Aviasiya sohasida ham qulayliklarni ko‘paytirish, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlari aeroportlarini rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirib, xizmatlar sifatini yaxshilash kerak.

 

Prezident avtomobil yo‘llarining sifati va salohiyatiga alohida to‘xtaldi. Ma’lumki, bu sohada loyihalashtirish, qurish hamda nazorat funksiyalari bitta tashkilotda jamlangan. Buning oqibatida ko‘p yo‘llarda sifat yo‘q. Shu bois yo‘l qurilishida ilg‘or standartlarni joriy etish, laborator ishlarni kuchaytirish, pudratchilar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Transport infratuzilmasini kengaytirish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan ko‘plab vazifalari belgilandi.

 

custom img

Oʻzbekistonda bir yil ichida hokimning 252 yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

Sudlar mansabdor shaxslar ishtirokidagi 153 ta jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

custom img

Pokistondan O‘zbekistonga ilk charter yuk reysi orqali 17 tonna go‘sht olib kelindi

Havo yuk tashish hajmi bosqichma-bosqich 100 tonnagacha oshirilishi rejalashtirilgan.

custom img

Angrenda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan 4 shaxs 7–12 yilga qamaldi

Jinoyat 2025-yil aprel oyida sodir bo‘lgan.

custom img

Toshkentda FVB xodimi 1500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

U korxona rahbaridan yong‘in xavfsizligi jihozlarini qabul qilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Xalq qabulxonalari tizimi yangilanadi: arizalarni qabul qilishdan tashqari muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘ladi

Yangi tizim doirasida hokimlik, banklar, shahar bandlik va MIB bo‘limlari hamkorligida fuqarolar tadbirkorlikka jalb qilinadi, ishsizlar hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant o‘rinlarga joylashtiriladi.

custom img

“Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifati bo‘yicha noroziliklar ko‘p”

Prezident bu borada eng ko‘p ariza tushgan hududlarda xodimlarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitish shartligini aytdi.

custom img

“Sergelidagi ko‘prik muammosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin unga yechim berildi” — Prezident

Shuningdek, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.

custom img

"Ayrim hududlar hokimlari sayyor qabullarni "nomiga" o‘tkazyapti" — prezident

“Buxoro, Karmana, Uchquduq, Sardoba, Xovos, Bo‘stonliq tumanlari, Angren, G‘ozg‘on shahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul o‘tkazdim deb yuribdi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"