Muhammad bin Salmon Saudiya hukumati rahbari etib tayinlandi
Shu munosabat bilan u mudofaa vaziri lavozimini tark etgan.

Saudiya Arabistoni podshosi Salmon bin Abdulaziz al Saud valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni mamlakat hukumati rahbari etib tayinladi. Bunga qadar u bosh vazir o‘rinbosari va mudofaa vaziri lavozimini egallab kelayotgan edi.
Davlat rahbari Muhammad bin Salmonga uzoq yillar davomida amalda bajarib kelgan vazifalarini rasman yukladi. Ayrim kuzatuvchilar Salmon bin Abdulaziz o‘z vakolatlarini bosqichma-bosqich o‘g‘liga topshirishni boshlaganini taʼkidlagan.
Shuningdek, hukumatning yangi tarkibi ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, yana bir shahzoda Xolid bin Salmon mudofaa vaziri etib tayinlangan. Bungacha u vazir o‘rinbosari bo‘lib kelayotgandi. Energetika va tashqi ishlar vazirlari o‘z lavozimini saqlab qolgan.







