O'zbekistondagi faol banklar reytingi yangilandi
Reyting yirik va kichik banklar misolida e'lon qilingan.

“Kapitalbank” joriy yilning uchinchi choragida yirik banklar faoliyati reytingida yetakchilikni saqlab qoldi. “Hamkorbank” (2-o‘rin) va “Trast bank” (3-o‘rin) o‘zaro o‘rin almashishdi.
Iyul oyida 5-pog'onani band etgan “Ipoteka-bank” birdaniga uch pog‘ona pastlab, reytingning 8-qatoriga tushib ketdi.
Asaka bankning moliyaviy vositachiligi va kapitalning yetarliligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari biroz yaxshilanganiga qaramay, umumiy reytingda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
14 ta kichik banklar orasida joriy yilning uchinchi choragida yetakchilikni “Davrbank”, “Universal bank” va “Ziraat bank” egalladi.
Bunga moliyaviy kapitalning yetarliligi va aktivlarning sifat ko‘rsatkichlarining yaqqol yaxshilanishi kabilar sabab bo‘lgan.







