Tramp: Dunyo eng xavfli pallada turibdi
AQSH sobiq prezidenti Ukrainadagi voqealar Tayvanda ham qaytarilishidan ogohlantirdi.

Dunyo o‘z tarixidagi eng xavfli davrda turibdi. Bu haqda AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi.
U Ukrainadagi hodisalar Tayvanda ham bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.
"Ukrainadagi voqealar hech qachon yuz bermasligi kerak edi, endi esa yadro qurolini qo‘llash masalasi muhokama qilinyapti. Bu eng xavfli narsalar, Fikrimcha, bu tarixdagi eng xavfli davr",— degan sobiq prezident.
Avvalroq Tramp AQSHga Si Szinpinga o‘xshash rahbar kerakligini aytgandi.







