Yevropa Rossiyaning ayrim mahsulotlariga qo‘ygan taqiqlarni yumshatmoqchi
Bugun YеI Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qiladi.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi doirasida rus nefti narxiga chegara o‘rnatmoqchi. Bu haqda Politico xabar berdi.
Shu bilan birga qator cheklovlarni yumshatish kutilmoqda. Jumladan, RF o‘g‘itlari, sement va “boshqa mahsulot”larni tashishga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlash rejalashtirilgan.
Yangi sanksiyalarni muhokamasi 28 sentyabrda o‘tkaziladi. Ukraina Rossiya gazi va atom sanoati ham cheklovlar ostiga tushishini talab qilmoqda.
Avvalroq Estoniya kompaniyalari Rossiya neftini sotib olish uchun hukumatdan ruxsat so‘ragandi.







