Jahon

Erdog‘an: Putin nimani rejalashtirsa, amalga oshiradi

Turkiya prezidenti Ukraina sharqida o‘tkazilgan “referendumlar” masalasida xavotir bildirdi.

Erdog‘an: Putin nimani rejalashtirsa, amalga oshiradi

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Putin nimani o‘ylasa, shuni amalga oshirishini maʼlum qildi.

 

Ukraina sharqida o‘tkazilgan “referendumlar” haqida gapirar ekan, Turkiya rahbari bu hududlarning Rossiyaga qo‘shib olinishidan xavotir bildirdi.

 

“Bu sodir bo‘lishi mumkin, chunki men bilgan janob Putin nimanidir rejalashtirsa, uni albatta amalga oshiradi”, – degan u.

 

Erdog‘an payshanba kuni Putin bilan telefon muloqotini o‘tkazishini va muzokaralarda ushbu masalani ko‘tarishini taʼkidlagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: “DXR”, “LXR”, Zaporojye va Xerson viloyatlarining RF tomonidan egallab olingan hududlarida 23-27 sentyabr kunlari Rossiyaga qo‘shilish masalasida “referendumlar” o‘tkazildi. Ularning barchasi Moskva bilan “birlashib” ketishga rozilik bildirgan.

 

Shu munosabat bilan bu to‘rt hududdagi rossiyaparast maʼmuriyat vakillari Putin bilan uchrashish niyatida Rossiyaga uchib kelgan.

 

Avvalroq Rossiya prezidenti Erog‘an bilan Samarqandda Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Erdog‘an: Putin nimani rejalashtirsa, amalga oshiradi | Zamon.uz