O'zbekiston

O‘zbekistonliklar uchun haj kvotasi ikki barobarga oshiriladi

Bu bo‘yicha Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni  delagasiyasi bilan uchrashuvida kelishuvga erishildi.

O‘zbekistonliklar uchun haj kvotasi ikki barobarga oshiriladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Musulmon olamining muqaddas ziyoratgohlariga safarlarni tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolarining Saudiya Arabistonida bo‘lishi bilan bog‘liq yanada qulay va shinam sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

 

Uchrashuv avvalida haj va umra ishlari vaziri davlat rahbariga Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Saudiya delegatsiyasining ushbu tashrifi joriy yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirilgan tarixiy ahamiyatdagi davlat tashrifi davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning davomi ekani alohida ta’kidlandi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini ikki barobar – 24 ming nafargacha, umra ziyoratchilarini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, raqamlashtirish sohasida ilg‘or tajribani joriy qilish, saudiyalik turistlarning mamlakatda bo‘lishi uchun vizasiz tartib joriy qilinganini hisobga olgan holda ularning O‘zbekistonga safarlarini ko‘paytirish, ikki mamlakat yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar uchun haj kvotasi ikki barobarga oshiriladi | Zamon.uz