Toshkent ko‘chalarida tezlik 50 km/s etib belgilanishi kutilyapti
Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyasi shunday xulosaga keldi.

Toshkent shahrida Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 km/soatgacha cheklanishi kutilyapti.
Shuningdek, Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo‘li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘lida harakat tezligini soatiga 50 km/soatgacha cheklash maqsadga muvofiq, deb hisoblandi.
Doimiy komissiya kiritgan masala kengashning navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.








