“Ien” to‘foni harakatlanishda davom etadi
Bugun u AQSHning boshqa shtatiga yetib boradi.

Florida shtatida «Ien» to‘foni oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Bugun tabiiy ofat Janubiy Karolinaga yopiriladi. Sinoptiklar kuchli shamol va suv toshqini bo‘lishini prognoz qilgan.
29 sentyabr holatiga ko‘ra, “Ien” oqibatida 2.6 million floridaliklar elektrsiz qolgan. AQSH to‘fonlarni kuzatish milliy markazi shamol tezligi 169 km/soatga yetganini maʼlum qilgan. Florida gubernatori Ron Desantis tabiiy ofat oqibatlarini “tarixiy” ekanini taʼkidlagan.
Avvalroq Jozef Bayden Florida shtatida favqulodda holat joriy etgandi.







