O'zbekiston

Toshkentda 3 kishi IIB xodimlari tomonidan majburiy olib ketildi

Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy izoh bedi.

Toshkentda 3 kishi IIB xodimlari tomonidan majburiy olib ketildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir nechta fuqarolarni sport zalidan olib chiqib ketishgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi ish yurituvida fuqaro A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (“Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish”) alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. 

 

Mazkur fuqaro xalqaro terroristik tashkilotlarga qo‘shilish maqsadida O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan.  Mazkur jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchining jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida bir nechta fuqarolar tergov idoralariga chaqirtirilgan, biroq ayrim fuqarolar uzrli sabablarsiz tergov organlariga kelishdan bosh tortganligi sababli, ular hududiy tuman IIO FMBga majburiy tartibda olib kelingan. 

 

Ayrim fuqarolar Chilonzor tumanidagi sport zallarda bo‘lishgan va tuman IIO FMBga olib borilgan. Keltirilgan har bir fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, jinoyat ishiga aloqador bo‘lmagan fuqarolar qo‘yib yuborilgan. 3 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi doirasida qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 3 kishi IIB xodimlari tomonidan majburiy olib ketildi | Zamon.uz