Andijonda shifokorlar aybi bilan chaqaloq vafot etgani aytilmoqda
Holatga viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 1-sonli viloyat perenatal markazida shifokorlar homilador ayolni vaqtida operasiyaga olib kirmagani va asossiz 3 soatga kechiktirganligi sabab yangi (sog‘lom) tug‘ilishi kutilayotgan chaqaloq nobud bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Tekshirish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.







