Jahon

Ba’zi antibiotiklar eshitish qobiliyati yo‘qolishiga sabab bo‘ladi

AQSHlik tadqiqotchilar buning sababini aniqlashdi.

Ba’zi antibiotiklar eshitish qobiliyati yo‘qolishiga sabab bo‘ladi

 

AQSHning Indiana tibbiyot universiteti tadqiqotchilari ba’zi antibiotiklar nima uchun eshitish qobiliyati yo‘qolishiga sabab bo‘lishini aniqladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Aminoglikozidlar tabiiy va yarim sintetik antibiotiklar guruhi hisoblanadi. Ular qariyb 100 yildirki, infeksiyalarni davolashda qo‘llanib kelinmoqda. Chunki ushbu preparatlar arzonligi va tez ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Shu bois muolaja jarayonida undan keng foydalanish ommalashgan.

 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, aminoglikozidlar 20-47 foiz bemorlarda quloqlardagi eshitish analizatorining bir qismi bo‘lgan hujayralar o‘limiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, bunga dori vositalarining toksik xususiyatlari ham sabab bo‘ladi.

 

Tadqiqot mualliflari ushbu jarayonning asosiy biokimyoviy hamda molekulyar mexanizmlarini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur guruhga mansub antibiotiklar  hujayralarda eshitishni qabul qilishda ishtirok etadigan RIPOR2 oqsiliga ta’sir o‘tkazadi. 

 

Oqibatda ayni shu oqsil o‘z o‘zini yo‘q qilish, ya’ni autofagiya jarayoniga kirishadi va quloqlarning eshitish qolbiliyati yo‘qola boradi. 

 

Izlanuvchilarning qayd etishicha, ushbu yangilik antibiotiklar nojo‘ya ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan muolaja choralarini ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Ba’zi antibiotiklar eshitish qobiliyati yo‘qolishiga sabab bo‘ladi | Zamon.uz