O'zbekiston

Prezident “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi

Qonun uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Prezident “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi

 

Qonunga ko‘ra, elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.

 

Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.

 

Elektron tijoratda sotuvchilar quyidagilardan iborat:

 

— Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) chakana va (yoki) ulgurji sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

 

— Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.

 

Sohada to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

 

—Naqd pul mablag‘lari bilan – naqd pul mablag‘lari to‘lov vositasi tarzida virtual terminallar (E-POS) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali;

 

—Pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali – pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali yoki to‘lov tashkilotining tizimi orqali o‘tkazish;

 

—Elektron pullardan foydalangan holda – elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablag‘larini o‘tkazish vositasida.

 

Savdo maydonchalarining operatorlari, to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘z axborot tizimlariga yoki bank hisobraqamlariga “eskrou” xizmatini joriy etishi mumkin.

 

Tovarlar uchun xaridor tomonidan to‘lovni amalga oshirish chog‘ida “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi to‘langan pul mablag‘larini xaridor tovarlar olinganligining tasdig‘i olinguniga qadar saqlash huquqiga ega. Agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi pul mablag‘larini xaridorga qaytaradi yoki, agar tovar xoridor tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi | Zamon.uz