Rossiyada safarbarlikka kimlar jalb qilinmasligi ma’lum qilindi
Mudofaa vaziri bu bo‘yicha ma’lumot berdi.

Rossiyada ayollar harbiy safarbarlik doirasida chaqirilmaydi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Sergey Shoygu xabar qildi.
“Biz ayollarni chaqirmoqchi emasmiz. Prezident farmoniga qo‘shimchalar tayyorlandi. Unga ko‘ra, davlat oliy o‘quv yurtlari talabalari ham safarbarlikda qatnashmaydi”, — dedi u.
Shuningdek, davlat akkreditaеsiyasiga ega tijorat universitetlari talabalari qisman safarbarlikka jalb qilinmaydi.
Rejaga ko‘ra, Rossiyada safarbarlik doirasida 300 ming kishi zahira uchun chaqirilishi belgilangan.







