Shimoliy Koreya Yapon dengiziga yana raketa uchirdi
Bu bir hafta ichidagi to‘rtinchi harakat.

Bugun, 1-oktyabr kuni ertalab Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ikkita qisqa masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Interfaks” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, raketalar Pxenyandagi Sunan hududidan uchirilgan. Ular maksimal 30 kilometr balandlikda taxminan 350 kilometr masofani bosib o‘tgan.
Janubiy Koreya Shimolning yadroviy quroldan foydalanish ehtimoliga jiddiy javob qaytatishi bo‘yicha ogohlantirmoqda.
“Bizning armiyamiz Qo‘shma Shtatlar bilan yaqin hamkorlikda to‘liq hushyorlik va monitoring amalga oshirmoqda”, — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Kecha, 30-sentyabr kuni Yaponiya dengizida Janubiy Koreya va AQSH harbiy-dengiz kuchlarining suvosti kemalariga qarshi qo‘shma harbiy mashqlari o‘tkazilgan. Pxenyan esa bunga javoban ketma-ket raketalar uchirmoqda.







