Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish dushanbadan boshlanadi.

3-oktyabrdan boshlab 136-sonli “Ekskavator zavodi bekati — Chorsu metrosi bekati” avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati ma’lum qildi.
Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda “Ekskavator zavodi bekati”dan Katta Darhon, Oqqo‘rg‘on, Osiyo, Nurafshon, Farobiy, Zarqaynar ko‘chalari orqali “Chorsu metrosi” bekatiga qadar, qaytish yo‘nalishida “Chorsu metrosi” bekatidan Zarqaynar, A.Navoiy, Beruniy, Saqichmon, Farobiy, Nurafshon, Osiyo, Oqqo‘rg‘on, Katta Darhon ko‘chalari orqali “Ekskavator zavodi bekati”ga qadar soat 6:00 dan 22:25 gacha harakatlanishi belgilangan.
Xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan. Mazkur yo‘nalishda ish kunlarida 6 ta, shanba kunlarida 5 ta va yakshanba kunlarida 4 ta avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.







