O'zbekiston

Bor tovog‘im, kel tovog‘im: yaqin qarindoshlarning quda-andachiligi taqiqlanishi mumkin

Oila kodeksiga kiritilishi rejalashtirilayotgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekistonda aka-uka (opa-singillar)ning quda-andachiligi taqiqlanishi mumkin.

Bor tovog‘im, kel tovog‘im: yaqin qarindoshlarning quda-andachiligi taqiqlanishi mumkin

 

Aniqrog‘i, mazkur kodeksga nikohga monelik qiluvchi sabablar (16-modda) qatoriga «yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh» ham kiritilmoqda.

 

Oila kodeksining amaldagi qoidalarida esa yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishni taqiqlamaydi.

 

Oila Kodeksining 57-moddasiga asosan, aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar hisoblanadi.

 

FHDYO organlari maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yil iyul-dekabr oylarida respublika bo‘yicha jami 1210 ta yaqin qarindoshlar (529 ta — xolavachcha, 307 ta — tog‘avachcha, 178 ta — amakivachcha, 196 ta — ammavachcha) o‘rtasida nikoh holatlari qayd etilgan. 

 

Hududlar kesimida qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohlarning yarmidan ko‘prog‘i 59 foizi ikkita viloyat — Surxondaryo (343 ta) va Qashqadaryo (371 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

 

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining taʼkidicha, tug‘ilayotgan bolalar tarkibida nogiron, jumladan, 1 yoshgacha tug‘ma anomaliyalar, deformatsiya va xromosom buzilishlarga uchragan bolalar ulushi ortmoqda.

 

Jumladan, 1 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar soni 2018 yildagi 2 592 nafardan 2020 yilda 3 374 nafarga yoki 30,1 foizga, 1 yoshgacha tug‘ma anomaliyalar (rivojlanish nuqsonlari), deformatsiya va xromosom buzilishlar soni 2018 yildagi 1 093 tadan 2020 yilda 1 292 taga yoki 18,2 foizga ko‘paygan.

 

Bu esa mamlakatda salbiy demografik tendensiyalarning kuchayishiga, bunday bolalarni ijtimoiylashtirish masalalari bilan bog‘liq yangi muammolarning vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Xorijiy mamlakatlarning oila qonunchiligini tahliliga ko‘ra Xitoy, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Turkiya, Ukraina, Irlandiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Tojikiston davlatlari qonunchiligida ham mavjud.

 

Shuningdek, “Nikoh tuzish va tan olish to‘g‘risida”gi 1978 yil 14 martdagi Gaaga Konvensiyasining 11-moddasiga ham belgilangan.

 

Yuqoridagi asoslardan kelib chiqib, yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohni oldini olish maqsadida mazkur o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, Oila kodeksining 16-moddasi (Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar)da belgilanganidek, nikoh tuzishga:

 

  • loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;

  • nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;

  • loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.