Rim papasi Putindan urushni to'xtatishni so'radi
Fransisk Rossiyaning harakatlarini qoralashini aytdi.

Rim papasi Fransisk Rossiyaning Ukraina hududlarini anneksiya qilishini qoraladi, boshqa xalqlarning huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi. Shuningdek, u ko‘plab qurbonlar, ular orasida bolalar ham borligidan qayg‘uda ekanini bildirdi.
"Ba'zi xatti-harakatlarni hech qachon oqlab bo'lmaydi! Hech qachon! Urush hech vaqt yechim emas, faqat yo'q qilish ekanligini tushunishimiz uchun yana qancha qon to'kish kerak? Men zudlik bilan o't ochishni to'xtatishga chaqiraman, qurollar jim bo'lsin va muzokaralarni boshlash uchun shartlar izlaylik, bu kuch bilan emas, balki aql bilan hal qilinishi mumkin ”, - dedi Rim papasi.
Fransisk Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga murojaat qilib, "o'z xalqiga bo'lgan muhabbat tufayli zo'ravonlik va o'limni to'xtatishni", shu bilan birga, xalqaro faol shaxslar va mamlakatlarning siyosiy rahbarlaridan davom etayotgan urushga chek qo'yish uchun qo'llaridan kelganini qilishlarini qat'iy so'radi.







