Jahon

Yamanda urush davom etadi: dushman tomonlardan biri yarashuv kelishuvini uzaytirmadi

Yarashuv apreldan buyon davom etayotgandi.

Yamanda urush davom etadi: dushman tomonlardan biri yarashuv kelishuvini uzaytirmadi

 

Yamandagi nizolashayotgan tomonlar 2 oktyabrda yakunlanadigan yarashuv rejimini uzaytirishga kelisha olmadi. Bu haqda bmt maxsus vakili Xans Grundberg maʼlum qildi. 

 

Yarashuv shartlaridan biri xusiylarning BAA va Saudiya Arabistoni neft obyektlariga hujum qilishdan o‘zini tiyishi hisoblanadi. Ammo ular bunga rozi bo‘lmagan.

 

"Agar Saudiya Arabistoni va Amirliklar Yaman xalqini tabiiy boyliklaridan mahrum qilishda davom etsa, bizning qurolli kuchlar ham bu davlatlarni boyliklardan mahrum qilishga qodir. Hamma narsa bo‘lishi mumkin", — deyiladi xusiylar bayonotida.

 

BMT maxsus vakili yarashuv yana olti oyga uzaytirilmaganidan afsus bildirdi. U bunga erishish uchun barcha tomonlar bilan ishlashni davom ettirishini taʼkidlagan.

 

Yamanda yarashuvga 2 aprel kuni erishilgandi. Unga ko‘ra, xalqaro koalitsiya xusiylarga zarba berishdan, xusiylar o‘z navbatida BAA va Saudiya Arabistoni hududiga hujum uyushtirishdan tiyilishga kelishib olgandi. Xusiylar mamlakat hududining 20 foizini nazorat qilsa-da, bu yerda 80 foiz aholi yashaydi.

 

Yamanda fuqarolar urushi 2014 yildan buyon davom etadi. Bu dunyodagi eng yirik gumanitar halokatni keltirib chiqardi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yamanda urush davom etadi: dushman tomonlardan biri yarashuv kelishuvini uzaytirmadi | Zamon.uz